TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Kiyevda terakt uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanayotgan Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko, ukrainaliklarni saylovlarda "eski siyosatchilar"ga ovoz bermaslikka va agar zarur boʻlsa, oʻz ovozini Maydon va vecheda himoya qilishga chaqirdi.
RIA Novosti xabariga asosan.
Ukrainada prezident saylovlari 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. Davlat rahbari postiga 39 nomzod daʼvogarlik qilmoqda. Ijtimoiy tadqiqotlar maʼlumotiga koʻra, prezidentlik poygasida shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, bir hafta ichida uning reytinggi 30%dan oshdi. Amaldagi davlat rahbari Petr Poroshenkoni mamlakatning 17%, fuqarolari, "Batkivщina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning esa 12,% % fuqarolar qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
"Oʻz dafn marosimida oʻz jallodi qoʻllaridan "ROSHEN" yeydigan krepostnoyga aylanmaslik uchun, 31 mart kuni turib, saylov uchastkalariga boring va ovozingizni 27 yildan buyon hukumat tepasida turgan birorta "qari siyosatchi"ga bermang! Keyin esa oʻz ovozingizni qoʻl kelgan usulda himoya qiling - kerak boʻlsa Maydonda, kerak boʻlsa xalq isyonida! Agar oʻz hukmron hukumat xalq va millatning omon qolishiga tahdid qilar ekan, xalqning bularni barchasiga haq-huquqi bor", - deyiladi Savchenkoning seshanba kuni Facebookda eʼlon qilingan murojaatida.
Savchenko shuningdek, Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning saylovlardan keyin Qrimni qaytarish haqidagi vaʼdasiga ham izoh berdi. "Poroshenkoning 2019 yildagi bergan maʼnisiz vaʼdalari bizning boshimizga nelarni yogʻdirishini tasavvur qilish qiyin. Prezidentni tinglab turib, bir narsani tushunaman, Petr nafaqat vijdonini, balki qolgan-qutgan esini ham yoʻqotib qoʻyibdi. Koʻrish qobiliyati va sogʻlom fikrni yoʻqotmaylik, ukrainaliklar", - deb qoʻshimcha qilgan Savchenko.
Sal oldin Poroshenko saylovlar oʻtishi bilan Qrimni Ukrainaga qaytarish vaʼdasini bergan edi.