Xususiy tadbirkorlarga ham taksi haydash huquqi beriladi

© Sputnik / Anton KurilkinTaksi v Uzbekistane
Taksi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning 1-iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi haydash huquqi beriladi.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 1-iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi. Bu haqida Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyixasida aytib o‘tilgan. 

Taksi avtomobili va haydovchisi

Buning uchun ular litsenziya kartochkalari olishi va taksi operatorlari bilan elektron platforma orqali shartnoma imzolashlari kerak bo‘ladi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga taksi xizmati ko‘rsatishga ruxsat berilmaganini bildirdi

Xususiy shaxslar litsenziya to‘lovi yuridik shaxslar yengil avtomobillari uchun belgilangan to‘lovdan 1,5 baravar ko‘proq bo‘ladi.

Taksi xizmatlari ko‘rsatish uchun xususiy tadbirkorlar o‘z avtomobillarini sariq yoki boshqa ma’lum bir rangga bo‘yashi kerak bo‘lmaydi. Belgilangan ko‘rinishdagi (shaxmat) nakleykani avtomobil kapoti va eshiklariga yopishtirilsa kifoya.

Taksi avtomobillari radiostansiya, yo‘l haqini hisoblaydigan taksometr, to‘lov terminallari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Undan tashqari, taksi avtomobillari va haydovchilari Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda maxus ish oldi ko‘rigidan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Taksi operatorlari

Taksichilarga mijoz topib beruvchi taksi operatorlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.  Buning Transport vazirligi huzurida uchun maxsus muassasa tuziladi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda “Yandeks taksi”ning raqobatchisi paydo bo‘ldi

Operatorlar o‘zlarining to‘liq nomi, xuquqiy maqomi, manzili, INN va   foydalanilayotgan serverlari haqidagi to‘liq ma’lumotni Internetda joylashtirilari kerak bo‘ladi.

Faqat litsenziyasi bor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.

Operatorlar foydalanayotgan server uskunalarini O‘zbekiston hududida joylashtirishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda taksi xizmatini faqat yuridik shaxslar ko‘rsatishi mumkin. Xususiy taksilar uchun ruxsatnoma olish va bashqa hujjatlarni rasmiylashtirish o‘ta murakkablashtirilgan. Shu sabab aksariyat taksichilar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0