Samarqandda “Yandeks taksi”ning raqobatchisi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda mobil ilova orqali ishlaydigan birinchi taksi xizmati ishga tushdi.  

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Samarqandda mobil ilova orqali ishlaydigan birinchi taksi xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi”.    

Samarqand viloyati hokimligi “iTaxi” kompaniyasi bilan birgalikda aholiga xizmat ko‘rsatishning yangi uslubini joriy etdi. Loyiha muallifi Olim Muxammadiyev oldin Uber kompaniyasi bilan hamkorlik qilgani ma’lum.

Mijozlar Appstore yoki Google Playmarketdan kerakli dasturni yuklab olganlaridan so‘ng, smartfon orqali taksi buyurtma berish imkoniga ega bo‘ladi.

Eng kam yo‘lkira haqi 4000 so‘m bo‘lib u 5 daqiqa kutish vaqti va 3km gacha bo‘lgan masofaga yo‘lkira haqini o‘z ichiga olgan. Qo‘shimcha har bir kilometr uchun 500 so‘m olinadi. 

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga taksi xizmati ko‘rsatishga ruxsat berilmaganini bildirdi

“Ushbu loyiha yo‘lovchilar va litsenziyaga ega bo‘lgan professional haydovchilar orasida ko‘prik bo‘ladi. Bundan buyon haydovchilar noqonuniy ishlab jarima to‘lashga majbur emas, yo‘lovchilar esa dispetchersiz taksi chaqirishlari, hamda yo‘nalish uzunligi, yo‘lkira haqqi, haydovchi reytingi va hatto uning fotosuratini ham  o‘z smartfonlarida kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi”, - deydi Olim Muxammadiyev Feysbukda.

Shuningdek kompaniya sahifasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va imkoniyati cheklangan shaxslarga 50% chegirma berilishi haqida aytib o‘tilgan.

Ayni damda kompaniya avtomobili 2009-yildan keyin ishlab chiqarilgan, litsenziyaga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga yollash bilan shug‘ullanmoqda. Yangi taksi kompaniyasida ishlash uchun avtomobillarni sariq rangga bo‘yash va taksi kompaniyasiga % to‘lash talab qilinmaydi. Shuningdek, iTaxi haydovchilarga boshqa taksi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni cheklamaydi.

Yangiliklar lentasi
0