Gaz birinchi navbatda kimlarga yetkazib beriladi - hukumat qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Gazovaya stansiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Endi "Lukoyl" O‘zbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy iste’molchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda  yetkazib beriladi.

Aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018-yil 16-noyabrdan 320 so‘m, 2019-yil 1-iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0