Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda?

© Xalq so‘ziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Azizbekning otasi Alijonning doimiy ish joyi yo‘q, kunlik yollanma mehnat bilan oilasini zo‘rg‘a tebratmoqda...

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Bir yil oldin butun O‘zbekistonni larzaga solgan ushbu voqea barchaning esida bo‘lsa kerak. 9 oylik chaqaloq Azizbek Abdumajidovning tanasida 16ta igna topilgan va bir necha operatsiya bilan uning hayotini saqlab qolishgan edi.

Xalq so‘zi ONLINE” muxbirlari ushbu oilada bo‘lib ularning yashash ahvoli bilan tanishishdi.

© Xalk SuziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda? - Sputnik O‘zbekiston
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov

Azizbek yaqinda 2 yoshga to‘ldi, u hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda, deb yozadi nashr. O‘tgan yil sentabrda ota-onasi Azizbekni Toshkenga olib borib shifokor ko‘rigidan o‘tkazishgan. O‘shanda shifokorlar Azizbekning sog‘lig‘i yaxshi ekanligini qayd etishgan va 6 oydan so‘ng yana olib kelishni tayinlashgan.

Rebenok 16yu igolkami v tele vizdorovel - Sputnik O‘zbekiston
Tanasidan 16ta igna topilgan bolakayga uyiga javob berildi

Azizbekning otasi Alijon Xudoyberdiyev ushbu voqeadan so‘ng uzoq yurtlarga bormay oilasi bilan birga yashashga qaror qilgan. Ular yaqinda yangi hovliga ko‘chib o‘tishgan. Fotosuratlardan ko‘rish mumkinki yangi hovlida hali barcha sharoit va qulayliklar mavjud emas.

Oila boshlig‘i aytishiga qaraganda, hozir uning doimiy ishxonasi yo‘q, kunlik yollanma ish bilan oilasni zo‘rg‘a tebratmoqda. Yaqinda Azizbekni yana Toshkentga olib borish kerak.

“Televizorda ko‘rsatishapti, tomorqadan unumli foydalanish uchun sharoiti bo‘lmagan shaxslarga davlat, bank va yana ayrim tashkilotlar har tomonlama yordam berisharkan. To‘g‘risi, shundan umidimiz bor. Tuman hokimligi yoki mutasaddi tashkilotlar bizning oyoqqa turib olishimiz va tomorqamizdan unumli foydalanishimizga birinchi ko‘makni ko‘rsatishsa, u yog‘iga eru xotin eplab ketardik. Faqat boshlanishiga qo‘limiz kaltalik qilyapti-da...”, - deydi Alijon.

Xullas, ushbu oila bugun yana yordamga muhtoj...

© Xalk so‘ziKak jivet Azizbek Abdumadjidov
Tanasidan 16ta igna topilgan Azizbek bugun qanday yashamoqda? - Sputnik O‘zbekiston
Kak jivet Azizbek Abdumadjidov

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0