Tanasidan 16ta igna topilgan bolakayga uyiga javob berildi

© MinzdravRebenok 16yu igolkami v tele vizdorovel
Rebenok 16yu igolkami v tele vizdorovel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 soat davom etgan operatsiyadan so‘ng 11 oylik bolakay bir necha kun koma holatida yotgan edi. Ayni damda bolakay sog‘ayib ota-onasi bilan uyiga jo‘nab ketgan.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ushbu yilning yanvar oyida Respublika bolalar jarrohlik markaziga tanasida 16 igna bilan og‘ir ahvolda yotqizilgan 11 oyli Azizbek Abdumajidov sog‘ayib ketdi va uyiga javob berildi, deb xabar qilmoqda uznews.uz sahifasi.

Igli v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Tanasidan 13 dona igna olingan bolakay ilk marotaba televidenie orqali ko‘rsatildi

Bolalar jarrohlik bo‘limi shifokori Doniyor Asadullayev aytishiga qaraganda, bu tibbiyoda kamdan-kam uchraydigan o‘ta nozik jarrohlik operatsiyasidir. Operatsiyadan so‘ng bolakay bir necha kun koma holatida yotgan. Shifokorlar qo‘llaridan kelgan barcha amaliyotlarni bajarishgan.

Ayni damda bolakay sog‘ayib ota-onasi bilan uyiga jo‘nab ketgan.

"Azizbek — oilamizda yagona farzand. Biz uni to‘ydan keyin besh yil kutgandik. O‘g‘lim sog‘ayib ketdi, barchadan minnatdorman. Endi uni bag‘rimga bosishim mumkin! Shifokorlarga katta rahmat. Ikki oy davomida ular o‘z kuch va bilimlarini ayashmadi. Ularning ushbu jasoratini hech qachon unutmayman!", — dedi bolakayning onasi Shohsanam Boltaboyeva.

Eslatib o‘tamiz, 9 soat davom etgan operatsiya davomida bolakayning tanasidan 13ta igna olib tashlangan edi. Qolgan ignalarga, bolaning sog‘ligiga xavf tug‘dirmagani uchun, hozircha tegmaslikka qaror qilingan edi.

© MinzdravJarroh Akilov X.A. Azizbek va uning onasi bilan
Malchik s 16yu igolkami s vrachom Akilovim X.A. i mamoy - Sputnik O‘zbekiston
Jarroh Akilov X.A. Azizbek va uning onasi bilan

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani prokuraturasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Azizbekni operatsiya qilgan jarroh Akilov Xabibulla Ataullayevich aytishiga qaraganda bolakay ushbu ignalarni o‘zi yutib yuborganiga ishonish juda qiyin, ignalar tananing turli joylarida joylashgani, ular o‘zga kishi tomonidan suqilgani bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.

Yangiliklar lentasi
0