TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Urug‘vaylik mashhur xonanda va aktrisa Natalya Oreyro Birinchi kanaldagi “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvi vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq murojaat yo‘lladi.
Boshlovchi Ivan Urgant bilan suhbati davomida Natalya Rossiyada 15 marotaba bo‘lganini va xorijiylar orasida rossiyaga eng yaqin kishiligini, ekanligini ta’kidlagan va “endi menga faqat Putin Rossiya pasportini berishi qoldi” degan.
Bunga javoban Ivan Urgant xonandaga rossiya prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishni maslahat bergan.
“Putin menga pasport bering! Xorijiylar orasida Rossiyaga mendan ko‘ra yaqinroq kishi yuq”, - dedi Oreyro. Shundan so‘ng Oreyro hazilomuz u hatto 2013-yilda Rossiya pasprtini olgan Jerar Depardyedan ham yaqinroq ekanligini ta’kidlagan.
Ayni damda Natalya Oreyro Rossiyada suratga olinayotgan “Dikiy angel” serialida suratga tushmoqda. Bundan oldin u Moskva viloyatidagi Balashixa shaharchasida suratga olinayotgan videoklipda suratga tushgani ma’lum qilingan edi.