TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Aktor va produser Stiven Sigal alohida xizmatlari uchun Rossiya fuqaroligini olishi mumkin, dedi advokat Ruslan Koblev RIA Novostiga.
"RF fuqaroligi haqida”gi qonunning 3-qismi 13-moddasida alohida xizmatlari uchun Rossiya fuqaroligini olish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Menimcha, Stiven Sigal ana shu moddaga mos tushadi", — dedi huquqshunos.
Uning fikricha, Rossiyada sport va madaniyatning rivojlanishi, sharq yakkakurashlarining ommalashishi, Rossiya nufuzining xalqaro miqyosda oshishiga Sigal ham munosib hissa qo‘shgan.
Saxalindagi “Dunyo bo‘ylab” xalqaro festivalida ishtirok etgan Stiven Sigal kelajakda Rossiya fuqarosi bo‘lish istagida ekanligini bildirgandi.