O‘zbekistonda qiz bolani "ochiq suratlari" bilan shantaj qilgan ikki yigit qo‘lga olindi

CC0 / pixabay / Devushka. Illyustrativnoe foto
Devushka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularga qarshi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165 moddasi ("Tovlamachilik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. O‘zbekistonda intim-surtalar uchun pul talab qilgan yigitlar qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Mikelanjelo ijodiga mansub David haykali nusxasi - Sputnik O‘zbekiston
Piterda mashhur David haykalining intim joyini kepka yordamida yopib qo‘yishdi

Xabarda aytilishicha, 22 yoshli Rashida (ismi o‘zgartirilgan) ismli qiz ichki ishlar organlariga yordam so‘rab murojaat qilgan. Qizning aytishicha, 21-yashar Muxriddin A. va uning tengdoshi, muqaddam sudlangan Anvar X., undan intim xarakterdagi suratlarini qo‘lga kiritib, so‘ngra 400 ming so‘m talab qilishgan.

Aks holda, qizning suratlarini internet tarmog‘ida tarqatib yuborish bilan qo‘rqitishgan.

Yigitlar pulni olayotgan vaqtda militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ularga qarshi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165 moddasi ("Tovlamachilik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0