TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rassomlarning bunday yo‘l tutishlariga peterburglik bir ayolning haykal yalang‘ochligi borasida bola huquqlari bo‘yicha vakilga qilgan arznomasi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Haykalga nisbatan tushgan arznomadan so‘ng, ko‘rgazma tashabbuskorlari shahar aholisiga "Davidga kiyim tanlash kerakmi, yo‘qmi?", degan savol bilan murojaat qildilar.
Sankt-Peterbur ahli 15-avgust sanasida qadar bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkinligi aytilmoqda. 16-avgust kuni esa ovoz berish boshlanadi va so‘rovnoma yakuni 23-avgust kuni e’lon qilinadi, deb yozadi nashr.
""Sever-7" guruhining rassomlari Sankt-Peterburgdagi David haykali nusxasining jinsiy a’zolarini kepka bilan yopib qo‘yishdi. Haykalning plastikdan yasalgan nusxasi Kiroch ko‘chasidagi Avliyo Anna lyuteran cherkovi yonida joylashtirilgan. Kepka haykalga qog‘ozli skotch yordamida yopishtirilgan", — deyiladi "Sever-7" guruhining "VKontakte"dagi xabarida.
OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, haykal xuddi shu tarzda bir necha soat turgan, ushbu aksiyaga nisbatan hech kimdan shikoyat tushmagan.
V Peterburge xudojniki prikrili nagotu Davida Mikelandjelo kepkoy so skotchem pic.twitter.com/EUGrr2VS50
— Osoboe Mnenie (@ProjectorPH) 30 iyulya 2016 g.