Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev spuskayetsya s trapa samoleta v Vashingtone
Shavkat Mirziyoyev spuskayetsya s trapa samoleta v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar kun tartibidan ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish o‘rin olgan

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan 2019-yilning 24-26 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV.

Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

Tashrif dasturidan O‘zbekiston prezidentining Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Muzokaralar kun tartibiga ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida Qo‘shma bayonotni qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari "Masdar-siti" texnoparki faoliyati bilan tanishishi, qator sanoat, ijtimoiy va boshqa obyektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0