O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilanmoqda.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida​” gi farmoniga asosan BAA fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish rejimi soddalashtirildi.

Yana 45 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

"2019 yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin", - deyiladi prezident Farmonida.

Ta’kidlanishicha, endilikda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yil muddatgacha bo‘lgan ko‘p martalik vizalarni O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0