TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Ertaga, 24-mart kuni Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro yarimmarafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida soat 9.00dan 13.00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi.
Avtomobillar harakati Afrosiyob ko‘chasi - Birinchi prezident Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuadan Oybek ko‘chasiga qadar;
Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga qadar;
Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasiga qadar;
Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga qadar;
Mustaqillik ko‘chasidan Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasiga qadar;
Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasidan Mahtumquli ko‘chasiga qadar;
Mahtumquli ko‘chasi - Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur xiyoboni yonidagi aylana yo‘lga qadar;
Amir Temur xiyoboni yonidagi "krug" – Mahtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;
Amir Temur ko‘chasi – skver yonidagi aylana yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;
Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan - Sharof Rashidov ko‘chasiga qadar;
Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan - Navoiy va Qodiriy ko‘chalari kesishmasiga qadar;
Navoiy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasiga qadar;
Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasiga qadar;
Olmazor ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasiga qadar.