TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Economist Intelligence Unit ekspertlari har yilgi Worldwide Cost of Living report hisobotini e’lon qildi. Hisobotda 2019-yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini aniqlandi.
Tahlilchilar dunyodagi 133 ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.
Shuningdek, reytingda o‘rin olishga mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va mahalliy valyuta kursi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu reytingda Nyu-York shahrining o‘zi 7-pog‘onani egallagan.
Bu yilgi reytingda dastlabki uchta o‘rinni bir vaqtning o‘zida uchta shahar egalladi - Parij, Gonkong va Singapur. Shuningdek, reytingning birinchi o‘ntaligiga Surix (Shveysariya), Jeneva (Shveysariya), Osaka (Yaponiya), Seul (Janubiy Koreya), Kopengagen (Daniya), Nyu-York (AQSh), Tel-Aviv (Isroil), Los-Andjeles (AQSh) shaharlari kiritilgan
Rossiya poytaxti Moskva reytingning 102-pog‘onasini egalladi.
Economist jurnali versiyasiga ko‘ra, Venesuala poytaxti Karakas, Suriyaning Damashq va O‘zbekiston poytaxti Toshkent eng arzon shaharlar deb tan olingan. Eng arzon shahar ichida Qozog‘istonning Olmaota shahri 4-o‘rinni egalladi.