TOShKENT, 22 mar – Sputnik. TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyada hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu mamlakat hududidan chiqishda jami 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan har qanday valyutani deklaratsiya qilmasdan olib ketish mumkinligini eslatdi.
2019 yil 19-mart kuni Rossiyaning “Kolsovo” aeroporti bojxona postida yo‘lovchilar bagajlarini rasmiylashtirish vaqtida “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi I.Z. bagajida deklaratsiya qilinmagan 19 ming AQSh dollari topilgan.
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Kolsovo” (yo‘lovchilar) aeroporti bojxona posti rahbariyati Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 16.4-moddasi O‘zbekiston fuqarosi tomonidan buzilganligini tasdiqladi. Bojxona tekshiruvidan so‘ng, tartib buzgan shaxsga 10 ming AQSh dollari qaytarilgan va u shu kuni vatanga uchib ketgan, ish o‘rnatilgan tartibda sudga topshirilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining ushbu moddasiga muvofiq, huquqbuzar deklaratsiya qilinmagan mablag‘ning 50 foizi miqdorida ma’muriy jarimaga tortiladi. Shunday qilib, 9 ming AQSh dollaridan 4,5 ming dollari Rossiya davlati foydasiga o‘tkaziladi. Qolgan yarmi esa O‘zbekiston fuqarosiga qaytariladi.