Stavropoldagi YTHda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bormi – TIV javobi

© pixabayMashina posle DTP. Illyustrativnoe foto
Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha xorijiy va mahalliy OAVda Stavropol o‘lkasining Kochubey tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Rossiyaning Stavropol o‘lkasining Kochubey tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarga  O‘zbekiston TIV rasmiy bayonot berdi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Stavropoldagi YTHda 6 nafar Ozarbayjon fuqarosi qurbon bo‘ldi

“Shu munosabat bilan jabrlanganlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tezda o‘lka va tuman davlat tuzilmalari vakillari bilan bog‘lanib, YTH qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolarining yo‘qligi to‘g‘risidagi rasmiy xabar oldi”,  -deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 6-mart kuni xorijiy va mahalliy OAVda Stavropol o‘lkasining Kochubey tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0