TOShKENT, 22 mar — Sputnik. AQSh Davlat departamenti Kasim-Jomart Tokayevni Qozog‘iston prezidentligi lavozimiga kirishgani bilan tabriklaydi. Vashington ikki mamlakatning o‘zaro munosabatlari mustahkamlanishiga umid bildiradi, deb bayonot qildi Davlat departamenti rasmiy vakili Robert Palladino.
AQSh iqtisod, savdo, investitsiyalar, regional va global xavfsizlik borasida o‘zaro manfaatlar ilgarilashiga umidvor. Ikki davlat munosabatlari esa taraqqiyot ideallari, asosiy erkinliklarni hurmat qilish va regional xavfsizlikka asoslangan, deb qayd etgan Palladino.
"Qo‘shma Shtatlar birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning AQSh va Qozog‘iston o‘rtasida mustahkam, jadal rivojlanuvchi munosabatlarning o‘rnatilishi va ilgari surilishi borasidagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi", - dedi u.
Palladinoning so‘zlariga ko‘ra, Davlat departamenti Nazarboyevning "zamonaviy va suveren Qozog‘iston asoschi-otasi" sifatidagi rolini olqishlaydi. AQSh namoyish etilgan mas’uliyatli rahbar namunasini tan oladi, deyiladi bayonotda.
"Biz shuningdek uning (Nazarboyevning) yadroviy qurollarni tarqatmaslik sohasida va global sharoitlarda yadrodan xoli hudud yaratishdagi yetakchiligi, hukumatni tinch yo‘l bilan topshirishga sobitligi, shuningdek, Qozog‘istonda va mintaqada tinchlik va ravnaqni ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasini olqishlaymiz", - deb ta’kidlagan Palladino.
O‘tgan yil yanvar oyida Yelbasi Nursulton Nazarboyev AQShga rasmiy tashrfi doirasida Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Qozog‘iston va AQSh o‘anda 20dan ziyod ikkiyoqlama iqtisodiy huddatlarni imzolashgandi.
Nursulton Nazarboyev 2019-yil 19-mart kuni o‘zidan Qozog‘iston prezidenti vakolatini sokit qildi. 20-mart kuni davlat rahbari lavozimiga Kasim-Jomart Tokayev kirishdi.