Alisher Usmonov 2018-yilda qancha daromad olgan?

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishBiznesmen, osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Biznesmen, osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forbes-Rossiya nashri eng yuqori daromadga ega rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Forbes e’lon qilgan eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida Alisher Usmonov 5-o‘rinni egalladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev nagradil Alishera Burxanovicha Usmanova ordenom El-yurt xurmati. - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev nima sababdan Alisher Usmonov bilan faxrlanishini aytdi

Milliarderlar reytingidan farqli ravishda, bunda faqat aktivlarni sotish yoki dividendlar shaklida olingan real pullar hisobga olinadi. Shaxsiy mulkni sotish bo‘yicha kelishuvlar hisobga olinmagan. Baholanayotgan daromad - bu yalpi daromad yoki gross daromad. Soliqlar stavkasida qarama-qarshiliklar yoki tushunarsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun soliqlar, kreditlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari va turli komissiyalar hisobga olinmagan.

Forbes nashrining ma’lum qilishicha, Alisher Usmonov 2018-yilda 1,1 milliard dollar daromadga ega bo‘ldi. Ushbu summa “Metalloinvest”dan olingan dividendlar va Londonning “Arsenal” futbol klubidagi ulushning sotilishi natijasida hosil bo‘lgan.

Forbes reytingidagi birinchi o‘rinni 2,4 milliard dollar daromad bilan Sergey Galiskiy egalladi. U “Magnit” reteylerining 29 foiz aksiyalarini sotib yuborgan. Ikkinchi pog‘onadan "Oneksim" guruhi egasi va prezidenti Mixail Proxorov joy olgan. NLMK rahbari Vladimir Lisin reytingdagi 3-o‘rinni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0