TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga bo‘lgan tashrifi vaqtida Alisher Usmonovning Namangan viloyati rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida aytib berdi.
Xususan, prezident o‘zbekistonlik milliarder “Obod qishloq” loyihasi uchun 50 million dollar naqd pul berganini va bunday vatandoshlar bilan faxrlanishini aytdi, O‘zbekiston 24 telekanali xabariga asosan.
“Agar ruxsat bersangiz, o‘rtoq prezident, men 50 million dollarni “Obod qishloq” loyihasi bo‘yicha Namangan viloyati uchun bersam. Siz shuni qanday qabul qilasiz”, - deb Alisher Usmonovning so‘zlarini keltirdi prezident.
Shavkat Mirziyoyev ushbu pullarni har bir rayonga 20-25 milliard so‘mdan tarqatish rejalashtirilayotganini va ushbu pullar faqat va’da bo‘lmay, allaqachon naqd ko‘rinishda Toshkentga yetib kelganini ham xabar qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Alisher Usmonov Namanganda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.
Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1953-yilda Namangan viloyatida Chust tumanida tug‘ilgan. USM Holdings, "Metolloinvest" va "Megafon" kompaniyalari aksiyadori bir necha bor Rossiyaning eng boy fuqarolari ro‘yxatidan o‘rin olgan.