Avtomobillar majburiy sug‘urta qoplamasi 40 mln so‘m etib belgilandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStraxovoy polis
Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon sug‘urta qildirish uchun transportga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillar majburiy sug‘urta qoplamasi salkam 4 baravar oshirilib, 40 mln so‘m miqdorida belgilandi.

Bu haqida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida aytib o‘tilgan. 

Qarorda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha onlayn yagona axborot tizimi joriy etiladi va majburiy sug‘urta bo‘yicha yangi namunadagi sug‘urta polislari amalga kiritiladi. Ilgari berilgan sug‘urta polislari amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchini saqlab qoladi.

Vaksinatsiya ot grippa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlanadi

Undan tashqari, yangi qonunga ko‘ra, majburiy sug‘urta qoplamasi 40 mln. so‘m miqdorda belgilandi. Ya’ni sug‘urta kompaniyalari yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetkazilgan zarar uchun to‘laydigan sug‘urta to‘lovi ushbu summadan oshmaydi. Ma’lumot uchun, ilgari sug‘urta maksimal summasi 12 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, avtomobilga sug‘urta rasmiylashtirish uchun uning egasidan ishonchnoma yoki transportga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, zarur ma’lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo‘lganida sug‘urtalovchi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomalarini) talab qilmasdan sug‘urta qilishi mumkin.

Mazkur qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0