TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Farmonga muvofiq:
· 2019-yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi;
· 2019-yil 15 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.
Farmonga ko‘ra, 2019-yilning 1-fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.
Quyida ushbu davlatlar ro‘yxati keltirilgan:
1. Avstraliya
2. Avstriya
3. Argentina
4. Bosniya va Gersegovina
5. Vatikan
6. Lyuksemburg
7. Vengriya
8. Bruney-Darussalam
9. Gretsiya
10. Irlandiya
11. Islandiya
12. Italiya
13. Kanada
14. Andorra
15. Lixtenshteyn
16. Monako
17. Belgiya
18. Daniya
19. Ispaniya
20. Niderlandiya
21. Norvegiya
22. Shvetsiya
23. Latviya
24. Litva
25. Mongoliya
26. Yangi Zelandiya
27. Portugaliya
28. Bolgariya
29. Kipr Respublikasi
30. Malta
31. Polsha
32. San-Marino
33. Serbiya
34. Sloveniya
35. Xorvatiya
36. Chili
37. Ruminiya
38. Slovakiya
39. Buyuk Britaniya
40. Braziliya
41. Finlyandiya
42. Chernogoriya
43. Chexiya
44. Shveysariya
45. Estoniya