Nexia'ga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

© Podrobno.uzVzriv gazovogo ballona v avtomobile privel k tragedii
Vzriv gazovogo ballona v avtomobile privel k tragedii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini haydab ketayotgan vaqtida mashina yukxonasida o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi Beglamishsoy qishlog‘i hududida mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir vaqtning o‘zida 6 ta uy yonib ketdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, Chiroqchi tumanida yashovchi T.D. o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Beglamishsoy qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomashina yukxonasiga o‘rnatilgan 100 litr sig‘imli gaz balloni portlab ketgan.

Natijada avtomashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi 37 yoshli G‘.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilgan vaqtda yo‘lovchi vafot etgan, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0