Toshkentda bir vaqtning o‘zida 6 ta uy yonib ketdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPojar na progulochnom teploxode v Moskve
Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun, 18-mart kuni Toshkentda bir vaqtning o‘zida 6 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

Pojarnaya mashina na meste vozgoraniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Urgutda ayanchli hodisa: yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilishicha, soat 11.25da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Oqlon” mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida 8 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 11.29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 12.05 da qurshab olingan va soat 12.34 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy ko‘chasidagi 2 ta xondonlarda jami 380 kv.metr maydonda tom qismilari va ichki jihozlari yonib zararlangan.

“Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘inning  kelib chiqishiga Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi sabab bo‘lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0