Yakutskda mahalliy aholi migrantlarga qarshi namoyishga chiqdi

© Sputnik / Bolot Bochkarev / Mediabankka o‘tishSilnie morozi v Yakutii
Silnie morozi v Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakutskda mahaliiy aholi migratsiya qonunlarini keskinlashtirishni talab qilib namoyishga chiqdi.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Yakutskda 17-mart kuni kechqurun mahalliy aholi vakillari migrantlarga qarshi namoyishga chiqdi, deb xabar qilmoqda Yakutia.Info.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 17-mart kuni kechqurun Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqqan. Miting ishtirokchilari hukumatdan migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishgan.

Saxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Yegor Borisov - Sputnik O‘zbekiston
Yoqutiston rahbari migrantlarni ishga olmaslikka chaqirdi

Ma’lum bo‘lishicha, kelib chiqishi Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan bo‘lgan fuqaro o‘z tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni o‘g‘irlab ketgan va zo‘rlagan. Shundan so‘ng ayol kishi politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Ayni damda qonunbuzar qo‘lga olingan va ko‘rsatma bermoqda. Unga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 127 moddasiga asosan (odam o‘g‘irlash va noqonuniy ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu munosabat bilan Yoqutiston Tergov organlari jinoyatchilik - hech qanday millatga mansub emasligini alohida ta’kidlamoqda. Buning dalili sifatida ular statistik ma’lumotlarni keltirishgan: 2017-yilda Yoqutistonda jinsiy sabablarga ko‘ra jami 117 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 6 tasi - xorijiy davlat fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan. 2018-yilda 296ta ana shunday jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, undan faqat 4tasi - xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan.

Yangiliklar lentasi
0