O‘zbekistonlik bokschining raqibi jangdan bosh tortdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitetBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbestonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 15-mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbestonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 15-mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq jangga 2 kun qolganida raqib o‘zgardi.

Isroil Madrimov - Sputnik O‘zbekiston
Isroil Madrimov venesuelalik raqibini nokautga uchratdi - video

O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining xabar qilishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga Bahodir Jalolovga amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi.

Ta’kidlanishicha, jang sanasi o‘zgarmagan. Raqiblar AQShning Kaliforniya shtatida ringga ko‘tarilishadi.

Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut uchratgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut.

Yangiliklar lentasi
0