TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Bugun, 14-mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” yangi Airbus A320neo samolyotida parvozlarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Ilk reys Toshkent—Boku—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt xalqaro aeroportidan uchib ketadi.
Yangi samolyotning ilk yo‘lovchilari salonda yaratilgan sharoitlar — zamonaviy dizayn, alohida ekranga ega qulay va keng o‘rindiqlar, aloqa va Wi-fi tizimidan foydalanish imkoniyatlariga munosib baho berishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston Havo yo‘llarining” birinchi Airbus A320neo samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngani haqida xabar qilgan edik.
“Airbus A320neo – 150 yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega, yangi LEAP-1A dvigatellari tufayli ushbu samolyot oldingilariga nisbatan 20 % ga kamroq yonilg‘i sarflaydi. Yangi samolyotning uchish uzoqligi 5000 kmni tashkil qiladi. Shu tufayli u butun Markaziy Osiyo hududida xizmat ko‘rsatishi mumkin.