TOShKENT, 11 mar - Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llarining birinchi Airbus A320neo samolyoti bugun soat 18:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.
“Airbus A320neo – 150 yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega, yangi LEAP-1A dvigatellari tufayli ushbu samolyot oldingilariga nisbatan 20 % ga kamroq yonilg‘i sarflaydi. Yangi samolyotning uchish uzoqligi 5000 kmni tashkil qiladi. Shu tufayli u butun Markaziy Osiyo hududida xizmat ko‘rsatishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu samolyotni yektazib berish haqidagi shartnoma 2017-yilda imzolangan edi. O‘zbekiston Havo yo‘llari parkida ayni damda bir necha Airbus A320 samolyotlari muvaffaqiyatli xizmat qilib kelmoqda. Undan tashqari Boeing 757, 767 va 787-8 Drimlinear samolyotlari ham bor.