YouTube᾽da roliklarni tomosha qilib, farzandini dunyoga keltirishga uringan ayol vafot etdi

Obuna bo‘lish
Ushbu noxush hodisa Hindistonning Bilandpur shahrida sodir bo‘ldi. Politsiyaga ayol yashagan uyning egasi murojaat qiladi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Hindistonda YouTube᾽da joylashtirilgan roliklarni tomosha qilib, uy sharoitida farzandini dunyoga keltirishga uringan 26 yashar ayol vafot etdi, deb xabar qildi Hindustan Times.

Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya samolyoti chaqalog‘ini unutib qoldirgan yo‘lovchi ayol tufayli aeroportga qaytib keldi

Ushbu noxush hodisa Hindistonning Bilandpur shahrida sodir bo‘ldi. Politsiyaga ayol yashagan uyning egasi murojaat qiladi. Qo‘shnilar homilador ayol istiqomat qilgan xonadan qon oqayotganini ko‘rib, darhol uy sohibiga xabar qilishadi.

Natijada u uy eshigini buzib kirib, ayol va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘lik holda topadi. Ayol tanasining oldida qaychi, ip va smartfon bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayolning oxirgi marta YouTube᾽da tomosha qilgan videosi mustaqil ravishda farzandni dunyoga keltirish mavzusiga bag‘ishlangan yo‘riqnoma bo‘lgan. Ayol rolikdagi maslahatlarga amal qilib, farzandini dunyoga keltirishga uringan.

Yangiliklar lentasi
0