TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Saudiya Arabistonining Saudi Arabian Airlines aviatashuvchisi samolyoti aeroportda esdan chiqib qoldirgan chaqalog‘i yodiga tushib qolgan saudiyalik yo‘lovchi ayol tufayli Jidda shahridagi podshoh Abdul Aziz nomidagi aeroportiga parvozga chiqqanidan tezda qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti "Axbar24" portaliga tayanib xabar qildi.
Portal havo kemasi komandiri va dispetcher o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat yozuvini joylashtirgan. Yozuvda aeroportga qaytish sababini takrorlash haqidagi iltimosga javoban, uchuvchi asasbiylashgan holda yo‘lovchilardan biri terminal binosida bolasini unutib qoldirgani, shu bois parvozni davom ettirishdan bosh tortayotganini ma’lum qilgan.
Portal chaqalog‘ini unutib qoldirgan parishonxotir yo‘lovchi ayolga biror jazo chorasi qo‘llangan-qo‘llanmaganiga aniqlik kiritmadi.