Odnoklassniki.ru᾽da hokimga tuhmat qilgan shaxs 1,3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

© press-slujba sotsialnoy setiV "Odnoklassnikax" poyavilis sekretnie gruppi
V Odnoklassnikax poyavilis sekretnie gruppi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining nomiga ochilgan profilga “Adolat izlab”, “Adolat qachon?” deb nomlangan video ma’lumotlarni joylashtirgan.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Odnoklassniki.ru᾽da hokimga tuhmat qilgan shaxs 1,3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zAning xabar qilishicha, fuqaro Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining nomiga ochilgan profilga “Adolat izlab”, “Adolat qachon?” deb nomlangan video ma’lumotlarni joylashtirgan.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Hokimga savol bergan kattaqo‘rg‘onlik 15 sutkaga qamaldi

Unda go‘yoki tuman hokimi davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni aybsiz bo‘lsalar-da, ularga nisbatan noqonuniy dalillar to‘platib qamatib yuborgani, fermer xo‘jaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, tuman hokimi 15-20 gektar yerni 5-10 ming dollardan sotib yuborgan. Bu gaplar bilan u tuman hokimini juda ko‘p miqdorda pora olganlikda ayblab, bila turib uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatib, qasddan tuhmat qilgan.

Xabarda yozilishicha, bu qilmishi bilan cheklanib qolmay, firibgarlik bilan ham shug‘ullanib, ikkita odamning ish haqini bermay kelgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichevning so‘zlariga ko‘ra, fuqaro aytgan gapi, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbot qilib bera olmadi. Q.S. qilgan tuhmati va firibgarligi uchun 1-yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining "Ochiq muloqot" ko‘rsatuvida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimiga savol bergan fuqaro 15 sutkaga qamalgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0