Basitxanova shifokor siri, abort masalasi va "probirkadan" olinadigan bolalar haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaElmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya
Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sun’iy urug‘lantirish O‘zbekistonda qachondan joriy etiladi va qanday shartlar asosida degan savolga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida so‘zlab berdi

Basitxanovaning so‘zlariga ko‘ra, "Aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonun - eng kutilgan qonunlardan biri bo‘ldi. Negaki, O‘zbekiston qonunchilik hujjatlarida ona va bola salomatligi muhofazasi alohida boblarda qayd etilgan bo‘lsada, lekin bu qadar keng, bobma-bob tushuntirilgan hujjat mavjud emas edi.

Tem, kto ne xochet i tem, kto ne mojet rojat: Basitxanova o novom zakone

"Ushbu qonunda reproduktiv salomatlikning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berilgan. Masalan, birinchi navbatda, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani qayd etilgan. Ayollar va erkaklar, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv huquqlari masalalariga aniqlik kiritilgan", - deya izoh berdi Basitxanova.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Sun’iy urug‘lantirish haqida"gi fatvoni e’lon qildi

Vazir o‘rinbosari reproduktiv salomatlikka - ayol homiladorligi davri yoki turmushga chiqqach, ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘lgan davr sifatida - ya’ni tor doirada qaramaslikka chaqiradi.

"Reproduktiv salomatlik haqida inson dunyoga kelishi bilan qayg‘urish lozim. Deylik, chaqaloqning reproduktiv organlarida patologiya yo‘qligiga amin bo‘lish uchun u tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bola muntazam tekshiruvda bo‘lishi kerak, ayniqsa, balog‘at yoshiga to‘lganida. Chunki bu vaqtda organizmda o‘zgarishlar yuz beradi va bunda reproduktiv funksiyalarda ilk buzilishlar namoyon bo‘la boshlaydi", - deydi Basitxanova.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda reproduktiv salomatlik muhofazasi bir necha "bo‘g‘inlardan" iborat bo‘lib, eng birinchisi - oila hisoblanadi.

"Bu poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari. Shuningdek, bugungi kunda har bir tuman, shahar ko‘ptarmoqli poliklinikalarda ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi bo‘yicha maslahatxonalar, perinatal skrining xonalari ochilgan va bularning barchasi reproduktiv salomatlikni ta’minlashga qaratilgan", - deydi suhbatdosh. 

Laborantka provodit analiz krovi na VICh-status - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirishga ruxsat berilishi mumkin

Davlat rahbari tomonidan imzolangan ushbu qonunda shuningdek, ikkita nozik mavzu ko‘tarilgan: bu homilani sun’iy ravishda to‘xtatish, kontratsepsiya masalalari mavzusi hamda yordamchi reproduktiv texnologiyalar masalasi. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, endilikda farzandni dunyoga keltirishga tayyor bo‘lmagan ayol roziligi va talabi bilan homiladorlikni 12 haftalikkacha bo‘lgan muddatda to‘xtatsa bo‘ladi. Belgilangan vaqtdan keyin homilani faqatgina tibbiy ko‘rsatmalar asosida sun’iy ravishda to‘xtatish mumkin.

Shuningdek, qonunda yordamchi reproduktiv texnologiyalar masalasi (EKO)ga alohida urg‘u berilgan.

Bunday jarayonlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda alohida markazlar tashkil etiladi va ular yuqori texnologiyali uskunalar bilan ta’minlanadi. Mutaxassis malakasi masalalari alohida nazoratga olinadi.

Ayni vaqtda sun’iy urug‘lantirish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun oSog‘liqni saqlash vazirining nalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida katta ishchi komissiyasini tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
Barcha viloyatlarda qizlar salomatlik markazlari va ayollar maslahatxonalari ochiladi

Bu komissiya tarkibidan: deputatlar, yordamchi reproduktiv texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi xususiy tuzilmalar rahbarlari, fan doktorlari, professorlar, akusher ginekologlar, ruhshunoslar, embriologlar, sitolog, endokrinolog, terapevt, genetik, neanatologlar o‘rin oladi.

Barcha texnik reglamentlar va yuridik masalalar tasdiqlangach, "probirkadan" bola olish amaliyoti O‘zbekistondagi davlatga qarashli maxsus markazlarda bepul amalga oshirilishi aytilmoqda.

Ushbu tizim, yil oxiridan boshlab amaliyotga joriy etilishi mumkin. Aytgancha, "EKO" amaliyotidan foydalanganlar shaxsi qat’iy sir saqlanadi. Bu borada yangi qonunchilik hujjatida alohida bobda aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0