Barcha viloyatlarda qizlar salomatlik markazlari va ayollar maslahatxonalari ochiladi

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskie rabotniki
Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning avgust oyiga qadar har bir viloyatda alohida qizlar va ayollar maslahatxonalari ochiladi hamda tezkor tibbiy maslahat berish xizmati tashkil qilinadi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 5325-sonli farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qarori  e’lon qilindi.

Unda, xususan, aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash, ayollar va qizlarga sifatli akkusher-ginekologik xizmatlar ko‘rsatish, homiladorlik vaqtida ayollarni parvarishlash sifatini yaxshilash maqsadida, Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida qizlar salomatligi markazlari hamda ayollar maslahatxonalari tashkil qilish aytib o‘tilgan.

Xususan,  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo‘limi negizida – Respublika qizlar salomatligi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari negizida – hududiy qizlar salomatlik markazlari tashkil etiladi.

Ushbu markazlar qizlar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, qizlarning sog‘lom o‘sishini nazorat qilish, belgilangan dasturlar asosida tibbiy ko‘riklar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.   

Ikkinchidan, respublikadagi markaziy ko‘p tarmoqli  poliklinikalar va oilaviy poliklinikalar negizida “Ayollar maslahatxonalari” tashkil qilinadi.

Ushbu maslahatxonalarning asosiy vazifasi etib, oila qurishni rejalashtirish, erta turmushga chiqishning oldini olish, tug‘ruqlar orasidagi davrni uzaytirish, kontratsepsiya sohasida maslahat berish, reproduktiv salomatlik hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish belgilandi.

Uchinchidan, Axborot texnologiyalari vazirligi bilan hamkorlikda butun Respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘ini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qizlar va ayollar 24 soat davomida 1003 – telefon raqami orqali “tezkor aloqa” xizmati bilan ulanib, sifatli tibbiy maslahat, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya muammolari, oilada notinchlik holatlari yuzasidan kerakli maslahatlar olishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0