O‘zbekistonlik harbiylar qurolli mojarolarda jang qilish uslublarini o‘rganishdi

© Sputnik / Aleksandr KondratukZakritie ucheniy stran-chlenov ShOS "Mirnaya missiya-2018"
Zakritie ucheniy  stran-chlenov ShOS  Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chelyabinsk viloyatida O‘zbekistonlik harbiylar uchun 36 ta amaliy mashg‘ulotlar va batalion taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiyalik harbiylar O‘zbekistonlik zobitlarga qurolli mojarolarda orttirilgan jangovar tajribalariga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi, deb xabar qildi Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin jurnalistlarga.

Uzbekskie voyennie v tankovom poligone Chebarkul - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi

Chelyabinsk viloyatida joylashgan tank diviziyasi o‘quv bazasida o‘zbekistonlik harbiylar uchun 36 ta amaliy mashg‘ulotlar va ikkita batallion-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

“Mehmonlarda zamonaviy qurolli mojarolarda bizning qo‘shinlarimizning harakat qilish uslublari katta qiziqish uyg‘otdi”, - dedi Lapin.

Bundan oldin o‘zbekistonlik harbiylar Rossiyada tank bo‘linmalari tayyorlash, kunduzgi va tungi jang olib borish uslublari, diversion guruhlarga qarshi jang qilish  jarayonlari bilan tanishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0