O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi

© Mudofaa vazirligiUzbekskie voyennie v tankovom poligone Chebarkul
Uzbekskie voyennie v tankovom poligone Chebarkul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quv mashg‘ulotlar davomida harbiylar uchuvchisiz uchish qurilmalar va shartli diversion-razvedka guruhlariga qarshi kurashishning yangicha usullari bilan tanishdi.

TOShKENT, 4 mar – Spunik. O‘zbekiston harbiylari Chelyabinsk viloyatidagi Chebarkul poligonida Rossiya tank qo‘shinlarining o‘quv-mashg‘ulotlarini kuzatishdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.  

“O‘quv-mashg‘ulotlar davomida shartli dushman aviatsiya hujumi va ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanilganida asosiy kuchlarning harakatlari amalda ko‘rsatildi”, - deyilgan xabarda.

Mashg‘ulotning so‘nggi bosqichida harbiy xizmatchilar «T-72B» tanklari hamda «BMP-2» piyodalar jangovar mashinalaridan shartli dushmanning zirhli va jonli kuchlariga qarata o‘t ochdi. Bunda havodan «Mi-24» aviatsiya vertolotlari yordam ko‘rsatib turdi.

© Minoboroni UzbekistanaUcheniya tankistov na poligone Chebarkul v Chelyabinske
O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi - Sputnik O‘zbekiston
Ucheniya tankistov na poligone Chebarkul v Chelyabinske

Tajriba almashish jarayonida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar rossiyalik tankchilar bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi jarayonlari, shuningdek, kechayu kunduz uchuvchisiz uchish qurilmalari va shartli diversion-razvedka guruhlariga qarshi kurashishning yangicha usullari bilan tanishdi.

Taktik mashg‘ulotlarga mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 200 ga yaqin harbiy texnika, xususan, «Mcta-B» gaubitsasi, «Grad» zalp o‘t ochish reaktiv tizimi hamda beshinchi avlod aloqa texnikasi jalb etildi.

Voyennoslujashie iz Uzbekistana nablyudali za podgotovkoy tankistov v Rossii
O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie iz Uzbekistana nablyudali za podgotovkoy tankistov v Rossii
Yangiliklar lentasi
0