Qashqadaryo viloyatida Amir Temur lashkarlari tayyorlov lageri paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatida ishbilarmonlik, ekstremal va ekologik turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Amir Temur qo‘shinlari tayyorlov lageri paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi "Qashqadaryo viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" Hukumat qaroriga tayangan holda.

Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

Hujjatga muvofiq, Gilan va Kul qishloqlarida etnoturizm rivojlantiriladi, har birida 5tadan mehmon uylari bunyod etiladi.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida esa agroturizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu yerda shuningdek, "Anor" festivali o‘tkaziladi.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlari esa ekstremal turizmga ixtisoslashtiriladi. Ularning har birida 5tadan mehmon uylari, kempinglar va yurtalar quriladi.

Shuningdek, sarkarda Amir Temur qo‘shinlari harbiy tayyorgarlik lageri aks ettiriladigan etnoqishloq bunyod etiladi.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida ekologik turizm yo‘lga qo‘yiladi, Kitobdagi kenglik stansiyasi hududida esa astronomik turizm rivojlantiriladi.

"Festivallar shahri" brendi ostida ishbilarmonlik turizmi - MICE-turizm yo‘nalishi ochiladi. Turizmning bu yo‘nalishi turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Ushbu yo‘nalish doirasida Amir Temurning bunyodkorlik mahoratiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman va seminarlar o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0