Rossiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun "yashil yo‘lak"ni kengaytirdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPokupateli v torgovom zale gipermarketa
Pokupateli v torgovom zale gipermarketa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, tomonlar, fitosanitar nazorat jarayonini soddalashtirish uchun - ikki mamlakat nazorat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston bilan "yashil yo‘lak"ka to‘rtta qo‘shimcha punktni kiritdi. Endilikda soddalashtirilgan bojxona tartibi joriy etilgan jami 11ta shaharlar qatoridan Astraxan, Dzerjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna o‘rin egalladi.

Flagi Kirgizstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonga Rossiya bozorini hamkorlikda zabt etishni taklif qilmoqda

Qishloq xo‘jaligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya ishchi guruhining uchinchi kengashi yakuniga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat nazorat organlari tomonidan elektron axborot almashinuvini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu mahsulotlarning fitosanitar nazoratdan o‘tishini soddalashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi regionlarida ulgurji-taqsimlash markazlarini yaratishga kelishib oldilar.

Rossiya tomoni respublikada loyihalashtirilayotgan markazlarni "RosAgroMarket" tarmog‘iga integratsiya qilishga tayyorligini bildirdi. Bu O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yirik miqdorda Rossiyadagi ulgurji bozorlar hamda savdo tarmoqlariga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat savdosi aylanmasi 20%dan oshib, 555 million dollarni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0