AQSh Gulnora Karimovani katta miqdorda pora olishda ayblamoqda

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova dunyoning uchta yirik telekommunikatsion kompaniyalaridan 1 milliardga dollarga yaqin pora olib, uni AQSh moliya tizimi orqali yuvishda ayblanmoqda.

TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Nyu York shahrining janubiy okrugi sudi Gulnora Karimovaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqida AQSh Adliya vazirligi rasmiy saytida xabar qilingan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova o‘zi yetkazgan zararni qoplamadi, endi jazoni koloniyada o‘taydi

O‘zbekiston Birinchi prezidentining qizi va MTS sho‘’ba korxonasining sobiq direktori Bexzod Axmetov 865 million dollar pora olishda va noqonuniy daromadlarni AQSh moliya tizimi orqali “yuvish”da ayblanmoqda.

Bosh prokuror yordamchisi Brayn Benchkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, 2004 - 2012-yillar orasida Gulnora Karimova o‘z lavozimidan foydalangan holda dunyoning uchta yirik telekommunikatsion kompaniyalaridan umumiy qiymati 865 million dollarlik pora olgan va ushbu daromadlarni AQSh va yana bir necha mamlakatlar moliya tizimi orqali “yuvib” o‘zlashtirgan. Ayblovda MTSdan tashqari VimpelCom Limited (Bilayn) va Telia Company AB nomlari ham keltirilgan.

Logotip shvedskoy kompanii TeliaSonera - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaga pora bergan Telia kompaniyasi xodimlari ustidan sud boshlanadi

Rossiyaning MTS operatori AQSh Adliya vazirligi va AQSh qimmatli qog‘ozlar komissiyasi bilan shartnoma tuzgan holda jami 850 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, AQSh Adliya vazirligi ushbu jinoiy ishni fosh qilishda Avstriya, Belgiya, Kipr, Fransiya, Irlandiya, Men oroli, Latviya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderland, Shveysariya, Shvetsiya hamda Britaniya Qirolligini huquqni saqlash organlari tomonidan ko‘rsatilgan yordamini yuqori baholagan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova O‘zbekiston sud organlari tomonidan bir qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 5-yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. O‘zbekiston prokuraturasi tomonidan aniqlangan zarar 2 milliard dollar miqdorida belgilanib, Karimovaning 12 mamlakatdagi 1,5 mlrd dollarlik aktivlarini hibsga olish talab qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0