“Moskovskaya Maslenitsa” festivalida qancha o‘zbek oshi iste’mol qilindi?

Obuna bo‘lish
Moskva shahrida festival 1-martdan 10-martga qadar davom etdi. Festivalga besh millionga yaqin kishi tashrif buyurdi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. “Moskovskaya Maslenitsa” festivali mehmonlari bir yarim ming porsiyadan oshiqroq o‘zbek oshini tanavvul qilishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Osh - ko‘tarma bosh - Sputnik O‘zbekiston
Osh pishirishning ko‘rgazmali retsepti

1 martdan 10-martga qadar davom etgan “Moskovskaya Maslenitsa” festivaliga jami besh millionga yaqin kishi tashrif buyurgan. Festival markazdagi 24 ta maydonlarda va Moskva atrofida joylarda, shuningdek, shahar bog‘larida bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar barcha uchun mo‘ljallangan pazandachilik master klasslarida, ko‘cha o‘yinlarida va turli ommaviy o‘yin-kulgularda ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0