Osh pishirishning ko‘rgazmali retsepti

Obuna bo‘lish
Sputnik sizlarga o‘zbekcha osh pishirishning ko‘rgazmali retseptini taqdim etadi.

O‘zbek maqolida aytilganidek “Osh — ko‘tarma bosh”, ya’ni osh shunday mazali taom-ki, uni boshni ko‘tarmasdan yeyish kerak. Darhaqiqat, oshdek sevimli o‘zbek taomi bo‘lmasa kerak. To‘ylar, bayramlar oshsiz o‘tmaydi, uyimizga mehmon kelsa oshsiz ketmaydi.

Odatda oshni erkaklar pishiradi, har bir pazandaning o‘z siri bosh. Har bir viloyat va hududda o‘ziga xos osh pishiriladi. O‘zbekistonda Farg‘onacha osh, Toshkentcha osh, Xorazm oshi va Samarqand oshlari keng tarqalgan.

Oshga behi, anor, mayiz va boshqa juda ko‘p narsalar qo‘shish mumkin, lekin asosiysi, avval oshni o‘zini to‘g‘ri pishirishni o‘rganish kerak.

Bugun Sputnik, aziz mushtariylarimizga, O‘zbekistonda keng tarqalgan Samarqand oshining ko‘rgazmali retseptini taqdim etadi. Umid qilamizki, avval osh pishirishni bilmagan bo‘lsangiz — u sizga juda qo‘l keladi. 

Versiyu infografiki na russkom yazike mojno posmotret zdes.

Yangiliklar lentasi
0