Iroqda bir vaqtda tug‘ilgan yetti egizak vafot etdi

CC0 / pixabay / Novorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Iroqda 25 yoshli ayol tabiiy yo‘l bilan yetti go‘dak – bir o‘g‘il va olti qiz dunyoga keltirgani ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Iroqning Diyala viloyatida bir vaqtda tug‘ilgan yetti chaqaloqning barchasi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Iroqning “al-Sumaria” telekanali tayanib xabar berdi.

“Bir necha kun avval “Al-Battul” shifoxonasida tug‘ilgan yettita go‘dakning barchasi vafot etdi”, - deya ma’lum qilgan telekanalga tibbiyot muassasasidagi manba.

Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli bo‘ldi

Telekanal go‘daklarning o‘limi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni keltirmagan.

Avvalroq Diyala sog‘liqni saqlash departamenti 25 yoshli ayol tabiiy yo‘l bilan yetti go‘dak – bir o‘g‘il va olti qiz dunyoga keltirganini ma’lum qilgan edi.

Diyala viloyati “Al-Battul” shifoxonasi direktori Ali Sharif yetti chaqaloqning tug‘ilishini Iroq uchun “misli ko‘rilmagan” voqea deb atagan. Ona va bolalarning ahvoli yaxshi ekaniligi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0