Navoiyda qimmatbaho zarralar bo‘lgan qumlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jinoiy to‘da ushlandi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishDobicha zolota
Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosqinchilar fuqarolarni temir bo‘lagi hamda tayoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringanlar.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi bir nechta shaxslar fuqaroning uyida saqlanayotgan tarkibida qimmatbaho zarralar bo‘lgan qumlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishdi.

Mujchina imitiruyet vskritie avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qo‘lga olindi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, jinoiy guruh a’zolari o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlarining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida Qoracha mahallasida yashovchi Sh.Sh.ning uyida saqlanayotgan tarkibida qimmatbaho zarralar bo‘lgan qumlarni qo‘lga kiritish maqsadida uning uyiga borishmoqchi bo‘lishadi. Biroq buni bilib qolgan Sh.Sh. tanishi I.R. bilan birga, Boyqaro qishlog‘ida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lib, ularning yo‘lini to‘sgan.

Bosqinchilar Sh.Sh. va I.R.ni temir bo‘lagi hamda tayoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada Sh.Sh. va I.R.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida jinoiy guruhdagilar qo‘lga olinib, ular orasida bo‘lgan shaxsi aniqlangan bir nafarini ushlash choralari ko‘rilgan”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0