Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin ChalabovMujchina imitiruyet vskritie avtomobilya
Mujchina imitiruyet vskritie avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosqinchilar avtomashina salonidan besh ming dollar va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yashirindilar.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Samarqand viloyatida besh nafar kishidan iborat bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda IIBB xodimi shafqatsiz kaltaklandi

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 17-fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.Q. soat 00:30larda boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi bilan O‘tarchi mahallasi hududida ketayotgan vaqtida 5 nafar noma’lum shaxslar uni to‘xtatib, tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

So‘ng bosqinchilar uni ovloq joyga olib borib, avtomashina salonidan besh ming dollar va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yashiringanlar.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg‘om tumani O‘tarchi mahallasida yashovchilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0