Xovosda 17 kunda yangi tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi

© Gruppa Dialog s narodomV Sirdarinskoy oblasti otkrilas shveynaya fabrika
V Sirdarinskoy oblasti otkrilas shveynaya fabrika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 8 million dona turfa tayyor mahsulotlar – sochiqlar, bolalar va kattalar kiyimlari, choyshablar ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida “Sirdaryo baraka chevarlari” korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Xovos tumani Bunyodkor mahallasidagi qisqa muddat – 17 kun ichida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tikuv majmuasi yangidan barpo etildi. Buning natijasida mahalladagi 140 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Shavkatu Mirziyoyevu predstavleni vajnie dlya ekonomiki Sirdarinskoy oblasti proyekti - Sputnik O‘zbekiston
Kutubxona, maktablar, istirohat bog‘i: Xovos tumanini qanday o‘zgarishlar kutmoqda

Majmuaning barpo etilishi bilan tumandagi ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarning moddiy farovonligi oshadi. Shu tariqa ular imtiyozli ipoteka krediti evaziga Xovos siti hududidan qurilayotgan turar joylar bilan ta’minlanadi.

Korxona to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 8 million dona turfa tayyor mahsulotlar – sochiqlar, bolalar va kattalar kiyimlari, choyshablar ishlab chiqariladi. Mahsulotning 60 foizi eksportga, qolgani ichki bozorga yo‘naltiriladi. Xom-ashyo esa mahalliy korxonalardan olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbeksiton prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 19-fevral kuni Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishish asnosida “Mirzacho‘l tajribasi” asosida Xovos shaharchasining yangi markazini bunyod etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor xotin-qizlarni ham doimiy ish, ham uy-joy bilan ta’minlash maqsadida viloyatda 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish va shu asosda 4 ming 200 dan ziyod xotin-qizni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0