Kutubxona, maktablar, istirohat bog‘i: Xovos tumanini qanday o‘zgarishlar kutmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavleni vajnie dlya ekonomiki Sirdarinskoy oblasti proyekti
Shavkatu Mirziyoyevu predstavleni vajnie dlya ekonomiki Sirdarinskoy oblasti proyekti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Sirdaryo viloyatida 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, M-39 avtomobil yo‘li bo‘yidagi 42 gektar hududda kompleks qurilish ishlari loyihalashtirilgan. Unga muvofiq, bu yerda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari binolari, davlat xizmatlari agentligi, tijorat banklari, turar joylar, maktablar, istirohat bog‘i, xotira maydoni, kinoteatr, kutubxona, masjid, bozor, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari quriladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 19-fevralya pribil v Sirdarinskiy rayon Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sirdaryoga tashrif buyurdi

“Yo‘l infratuzilmasi rivojlantirilib, aholi va transportlar uchun qulayliklar yaratiladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Sirdaryo viloyatida 32 ta tikuvchilik majmualari tashkil etish rejalashtirilgan. Bu sexlar asosan kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga mo‘ljallangan bo‘lib, jami 4 ming 200 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Yangiliklar lentasi
0