Erkaklarda testosteron miqdorining yuqori bo‘lishi xavfli... mi?

CC0 / pixabay / Spashiy mujchina. Illyustrativnoe foto
Spashiy mujchina. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Testosteron - endokrin sistemasi tomonidan ishlab chiqariladigan erkaklarning eng muhim gormonlardan biri.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Erkaklar organizmdagi testosteron miqdorining yuqoriligi tromb (tomirda ivib qolgan qon) paydo bo‘lishiga va yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qilishdi Nyu-York universiteti va Gongong universiteti olimlari. Ilmiy ish natijalarini British Medical Journal e’lon qildi.

Mujchini s izbitochnim vesom - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar semizlikning kutilmagan foydasini ma’lum qilishdi

Qayd etilishicha, ekspertlar prostata saratoni ko‘rigidan o‘tgan 50 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan uch mingdan ortiq erkaklar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishadi. Ular testosteron miqdori yuqori bo‘lgan erkaklarning umumiy genlarini aniqlashga urinishadi.

Shundan so‘ng tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning Biobankiga murojaat qilishdi. Ular topilgan genlarni 392 mingdan ortiq har ikki jins vakillari genlari bilan taqqoslab ko‘rishadi. Taqqoslab ko‘rishdan asosiy maqsad ushbu genlar va trombning yuqori paydo bo‘lishi, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi yoki yurak xuruji o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlashdan iborat edi.

O‘tkazilgan tadqiqot yakunida ekspertlar testosteron miqdorining yuqori bo‘lishi trombning paydo bo‘lish xavfini 2 baravarga, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi rivojlanishini esa qariyb 8 baravarga oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Hamisha navqiron: Yoshlikni uzaytirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik topildi

Yangiliklar lentasi
0