Olimlar semizlikning kutilmagan foydasini ma’lum qilishdi

© East News / Tony AlterMujchini s izbitochnim vesom
Mujchini s izbitochnim vesom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar miyasiga kuchli qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni uch oy davomida kuzatib borishdi.

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Ortiqcha vazn insonga favqulodda holatlarda yordam berishi mumkin.

Amerika nevrologiya akademiyasi olimlarining ma’lum qilishicha, ortiqcha vazn diabet va yurak-qon tomirlari xastaliklarini keltirib chiqarish xavfini tug‘dirishiga qaramasdan, u insultdan so‘ng insonni erta o‘limdan himoyalashi mumkin.

Ulibka - Sputnik O‘zbekiston
Tish bilan bog‘liq muammoning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi

“Shifokorlar ortiqcha vazn og‘ir buyrak va yurak xastaliklarini boshdan kechirgan insonlarning yashab ketish ehtimolini oshirishiga e’tibor qaratishdi. Biz semirish va insult o‘rtasida aloqa bor-yo‘qligini tekshirishga qaror qildik”, - dedi Amerika nevrologiya akademiyasi olimi Szolu Lyu.

Olimlar miyasiga kuchli qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni uch oy davomida kuzatib borishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ortiqcha vaznga ega bemorlar o‘rtasida insultdan o‘lim holati vazni meyordagi bemorlarga nisbatan 62 foiz kamroq kuzatilgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kishilarda oziq moddalari zaxirasi ko‘proq bo‘ladi, shuning uchun organizm uchun favqulodda holatda yashab ketishiga yordam beradi.

Mutaxassislar ushbu fakt ilmiy jihatdan isbot topishi uchun yana ko‘proq izlanishlar olib borgandan so‘ng tana vazni va miyaga qon quyilishi o‘rtasida qanday bog‘liq borligi haqidagi xulosaga kelish mumkinligini ta’kidlashdi.

Yangiliklar lentasi
0