G‘azalkentda 39 yashar ayolni o‘z yotoqxonasida o‘ldirib ketishdi

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchini
Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur hodisa bo‘yicha tergov jarayoni Bosh prokuratura nazoratiga olingan

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. 2019-yil 28-fevral kuni G‘azalkentda 39 yashar erkakni o‘z yotoqxonasida o‘ldirib ketishdi, deb xabar qilmoqda prokuratura matbuot-xizmati.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘g‘ib o‘ldirilgan 15 yashar qiz: qotillikning dahshatli tafsilotlari

Hodisa tunda sodir bo‘lgan. Bo‘stonliq tumani IIB xabariga ko‘ra, erkak murdasi Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahridagi Markaziy mahalla fuqarolar yig‘inidagi uylarning birida o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 16 yashar farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 1-mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-qismi "a,j" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 1-mart kuni ushlangan.
2 mart kuni ushbu shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi "a", "j" bandlari, 164-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0