Jallod kerak! Shri-Lankada yangi bo‘sh ish o‘rniga mutaxassis qidirilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Bezeka / Mediabankka o‘tishFlag Shri-Lanke
Flag Shri-Lanke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jallodlik ishiga 102 kishi qiziqish bildirgan. Ularning orasida AQSh fuqarosi ham bo‘lgan, lekin amerikalik nomzodi rad etilgan

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Shri-Lankada jallodlik bo‘sh ish o‘rniga berilgan e’lon qisqa vaqt ichida 102 kishining e’tiborini tortdi, deb xabar qildi Reuters mahalliy qamoq xizmati vakiliga tayangan holda.

Shpris - Sputnik O‘zbekiston
AQShda oliy jazoga hukm qilingan shaxs yangi preparat yordamida qatl etildi

Ushbu e’lon mahalliy hukumat narkotik moddalar savdosi uchun o‘lim jazosini qayta tiklash haqidagi qarorni qabul qilgach e’lon qilingan edi.

"Nomzod yoshi 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi, u yaxshi axloq, o‘tkir aql va stresslarga chidamli bo‘lishi lozim. Ushbu vakansiyaga qiziqish bildirganlar orasida AQSh fuqarsi ham bor edi. Ammo uning nomzodi ko‘rib chiqilmadi, chunki jallod faqatgina Shri-Lanka fuqarolari orasidan tanlab olinadi", - deyiladi xabarda.

Shri-Lankada o‘lim jazosi qariyb 43-yildan buyog‘iga amalga oshirilmagan, ammo sudlar qotillik, nomusga tegish va narkotik savdosida aybdor deb topilgan shaxslarni ko‘plab marotaba oliy jazoga hukm qilganlar. Va so‘ngra insonparvarlik nuqtayi-nazaridan o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0