TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Florida hukumati irqchilik tufayli qotillik sodir etgan erkakni qatl qildi. Bu uchun shu maqsadlarda qo‘llanilmagan preparatdan foydalanildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Mark Asey 1987-yilda irqchilik xarakteriga ega shart-sharoitda afroamerikalikni o‘ldirgani uchun oliy jazoga hukm qilingan edi.
Xabarda aytilishicha shu paytgacha o‘lim inyeksiyasi sifatida xizmat qilib kelgan midazolam o‘rnini etomidat egallagan.
"Midazolamni xarid qilishda muammolar paydo bo‘la boshladi, sababi aksariyat farmatseftik kompaniyalar qatlni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddalarni yetkazib berishdan bosh tortishmoqda", — deya izoh beriladi xabarda.
Etomidatdan foydalanish Florida Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsada, qator kuzatuvchilar hukumat tanlovini qattiq tanqid ostiga olishdi. Ular ushbu preparat yangi funksiyalarni bajarishi uchun sinovlardan o‘tkazilmaganligini ta’kidlashgan.