TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Yangi yilning 1-16 yanvar kunlarida Gazprom chet elga gaz yetkizib berish hajmi 29,4 % ga o‘sib 7,75 milliard kubometrni tashkil qildi, Aleksey Miller korxona majlisida bergan xabariga ko‘ra.
“Gazning asosiy iste’molchi-mamlakatlari ehtiyoj darajasi o‘sishni ko‘rsatmoqda. Xususan, Germaniya gaz iste’moli 42,1 %ga o‘sdi, Buyuk Britaniya – 170,2 %ga, Italiya 23,4 foizga, Polsha 58,1 %ga Fransiya 22,8 %ga va avstriya 75,5 %ga o‘sdi”, — dedi Miller.
Gaz iste’moli albatta birnchi navbatda qish mavsumi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ikkinchidan Yevropada bir millionga yaqin qochqinlar kelganini hisobga olsak, ularning issiq turar joy va ovqat bilan ta’minlash uchun ham qo‘shimcha gaz ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.